TRIUMVIRAT (lot. tres — uch va vir — erkak) — Qad. Rimda fuqarolar urushi davrida (mil. av. 1-a.) atoqli siyosiy arboblar va sarkardalarning davlat hokimiyatini egallash uchun tuzgan ittifoqi. 1T. mil. av. 60 (yoxud 59) — 53 y. larda Yu. Sezar, G. Pompei va M. Krase oʻrtasida, 2T. mil. av. 43 — 36 y. larda (rasman 31 y. gacha) Oktavian (Avgust), M. Antoniy va M. Lepid oʻrtasida tuzilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые