SALOHUDDIN al-AYYUBIY

SALOHUDDIN al-AYYUBIY, Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (1138 — 1193.4.3, Damashq) — Misr hukmdori (1171-y. dan), ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sultoni Nuriddinning salibchilar bilan muvaffaqiyatli kurashgan lashkarboshilaridan biri Ayyub ibn Shodining oʻgʻli. 1164—69 y. larda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169-y. Misr vaziri etib, 1171-y. fotimiylar sulolasining soʻnggi xalifasi vafotidan soʻng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan keyin 1174—86 y. larda uning Suriyadagi yer-mulklarini va Iroqdagi ayrim mayda hokimlarga tegishli yerlarni tobe ettirgan. 1187-y. 3—4-iyulda S. Al-A. qoʻshini salibchilarni Xittin yaqini (Falastin)da tormor qilgan, 1187-y. 2 okt. da Quddusni egallagan, soʻngra salibchilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. Salohuddin al-ayyubiy alA. ning ichki siyosati harbiy len tizimi (q. Iqto) ni rivojlanganligi, soliklarni birmuncha kamaytirilishi, sunna mazhabi taʼlimotining mustahkamlanishi bilan avvalgi hukmdorlardan farqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x