TRIUMF

TRIUMF (lot. triumphus) — 1) Qad. Rimda muzaffar sarkardaning qoʻshin bilan poytaxtga (Mars maydonidan Kapitoliydagi Yupiter ibodatxonasigacha) tantanali kirib kelish marosimi. Triumf senat karori bilan oʻtkazilgan va sarkarda uchun eng oliy mukofot sanalgan. Triumf marosimini senatorlar boshlab berishgan, ularning ketidan sozandalar va qoʻshiqchilar kuzatuvida 4 ta oq ot qoʻshilgan jang aravasida gʻolib sarkarda (triumfator) borgan. Jangchilar oʻlja va badavlat, zodagon asirlarni olib oʻtganlar. T. Rimning zafarli urushlari davrida (mil. av. 3 — 1-a. lar) 2—3 kun davom etgan. Imperiya davrida Triumflik sharafiga imperator va uning yaqin qarindoshlarigina sazovor boʻlishgan;

2) koʻchma maʼnoda — ajoyib muvaffaqiyat, buyuk gʻalaba.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x