TRANSPIRATSIYA

TRANSPIRATSIYA (lot. trans orasidan, oralab va spiro — nafas olaman, nafas chiqaraman) — oʻsimliklarning suv bugʻlatishi. Muhim fiziologik jarayonlardan boʻlib, oʻsimlikning toʻxtovsiz nam olib turishiga yordam beradi, tuprokdan mineral tuzlarning kelib turishini taʼminlaydi, toʻqimalar harorati, turgor darajasi va protoplazmaning tarangligini boshqarib turadi. Asosiy Transpiratsiya organi barg boʻlib, undagi mezofill hujayralari hujayralar oraligʻiga doim suv bugʻini ajratib, soʻngra uni barg ogʻizchalari (ogʻizcha Transpiratsiyasi) yoki kutikula (kutikula Transpiratsiyasi) orqali atmosferaga tarqatadi. Transpiratsiya kattaligi tashqi muhit sharoitlari — yoritilganlik, tuproq va havo harorati, namligi, shamol kuchi, shuningdek, kamroq darajada oʻsimlik turi va navlarning biologik xususiyatlariga bogʻliq. Tashqi muhit sharoitlari Transpiratsiyaning sutkalik va mavsumiy jadalligiga taʼsir koʻrsatadi. Maksimal Transpiratsiya mavsumning eng issiq davrlarida va kunning yarmigacha, minimal Transpiratsiya saharda va qishda kuzatiladi. Transpiratsiya j a dalligi turli suv va ozik, rejimlarida oʻsimliklarning suv bilan taʼminlanish darajasini va ularning mahsuldorligini tavsiflab beradi. U 1 dm2 barg sathidan maʼlum vaqt birligida (mg. dm2/soat) bugʻlangan suv mikdori bilan aniklanadi. 1 l suv sarflanganda oʻsimlik hos_il__kiladigan quruq modda mikdori Transpiratsiya unumdorligi, 1 g quruq modda hosil qilish uchun oʻsimlik sarf etadigan suv Transpiratsiya koeffitsiyenti deyiladi. Maye. 1 g QURUQ modda hosil qilish uchun gʻoʻza 400—700, kuzgi bugʻdoy 500 g gacha, suli 415—500, tarik, 200—280 g suvni bugʻlatadi. Shu sababli tuproqda namlikni saqlashga moʻljallangan agrotexnika tadbirlari bilan bir qatorda maydon birligiga toʻgʻri keladigan ekin tuplari qalinligini shakllantirish muhim ahamiyatga ega (yana q. Oʻsimliklarning suv rejimi).

Ad. Sleycher R., Vodnыy rejim rasteniy, M., 1970; Libert E., Fiziologiya rasteniy, M., 1976; Samiyev X. S., Vodnыy rejim i produktivnost xlopchatnika, Transpiratsiya, 1979.

Abdukarim Zikiryoyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x