TRANSILVANIYA

TRANSILVANIYA — Ruminiyaning shim. dagi tarixiy viloyat. Mil. 1-a. da Transilvaniya hududi Getlardakiyaliklar davlatining asosiy oʻzagini tashkil qilgan. 2 a. boshi — 271-y. da rimliklarga, 11 — 12-a. dan — venger qirollariga (1541-y. dan turk sultoni vasiyligida) tobe boʻlgan. 1698—99 y. dagi Karlovis kongressida Gabsburglar Vengriya qirolligi tarkibidagi Transilvaniya ustidan oʻz nazoratlari oʻrnatilganini tan olinishiga erishdilar. Trianon sulh shartnomasi (1920)ga koʻra, T. Ruminiyaga berilgan. 1940-y. ga Vena arbitraji qaroriga koʻra, Shim. T. Vengriyaga qoʻshilgan. 1947-y. gi Parij sulh shartnomalariga koʻra, 1938-y. yanv. ga qadar mavjud boʻlgan RuminiyaVengriya chegarasi tiklangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x