TOXARISTON

TOXARISTON, Toʻxoriston hoz. Jan. Oʻzbekiston, Jan. Tojikiston, Shim. Afgʻonistonni oʻz ichiga olgan tarixiy viloyat. Shim. da Hisor togʻlari, Jan. da Hindukush, Gʻarbda Murgʻob va Herirud daryolari, Sharqda Pomir bilan chegaralangan. «Toxariston» nomi mil. av. 2-a. da YunonBaqtriya podsholigini tugatgan koʻchmanchi qabilalardan biri — toxarlar nomidan olingan. Fors va arab tarixchi, geograflari (9—13-a. lar) «Toxariston» atamasini 5-a. dan 13-a. gacha qoʻllagan. Toxariston mil. 1—4-a. larda Kushon podsholigi tarkibiga kirib, uning oʻzagini tashkil qilgan. Kushon podsholigi parchalangach, Toxariston alohida mulklarga boʻlinib ketgan. 7-a. boshida Syuan Szanning soʻzlariga koʻra, Toxariston 27 ta alohida mulk: Balx (Baqtriyaning sobiq poytaxti), Qunduz (Shim. Afgʻonistonda), Termiz, Chagʻoniyon, Xuttal va b. dan iborat boʻlgan. 5 —6 a. larda Toxariston mulklari eftaliylarta, 7-a. da Turk xoqonligiga tobe bulgan. 618-y. turk xoqoni Tun yabgʻu (618 — 630) Toxaristonni toʻngʻich oʻgʻli Tardushodga topshirgan. U yabgʻu unvoni bilan Toxaristonda hukmronlik qilgan turkiy sulola asoschisi boʻlgan. 8-a. ning 1yarmida Toxaristonni arablar zabt etgan. Keyinchalik u Tohiriylar, Safforiylar, Somoniylar, Gʻuriylar davlati tarkibiga kirgan. 13-a. boshida Toxariston moʻgʻullar istilosi natijasida vayron qilingan. Oʻzbek va tojik arxeologlari, Fransiya, Italiya, Yaponiya va b. mamlakatlarning olimlari olib borgan tadqiqotlar T. Oʻrta Sharqning yirik iqtisodiy va madaniy markazi boʻlganligini koʻrsatdi. T. Oʻrta Osiyoning boshqa viloyatlari, Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq bilan savdomadaniy aloqalar oʻrnatgan. Kushonlar va ilk oʻrta asrlarda T. Markaziy Osiyoda buddaviylik, shuningdek, moniylikning rivojlanishi va tarqalishida muhim rol oʻynagan. 9—13-a. larda Toxariston islom madaniyati va ilmining markazlaridan biri boʻlgan.

Ad.: Bartol d V. V., Toxaristan, Sochineniya, t. Z, M., 1965; Kamal iddi nov Sh . S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazoʻchnoʻm istochnikam IX — nachalo XSH vv., T., 1996.

Gʻaybulla Boboyorov.

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x