TOVUSLAR

TOVUSLAR (Pavo) — tovuqsimonlar turkumi, qirgʻovullar oilasiga mansub qushlar urugʻi. 2 turi bor. Oddiy Tovuslar tanasining uz. 100—125 sm, dumi 1,5 sm gacha. Ogʻirligi 4—4,2 kg. Boshi, boʻyni va koʻkragining bir qismi yashil, orqasi koʻk, tanasining osti qora. Hindiston va Shri Lankada tarqalgan. Oʻrmonning butazorli qismini xush koʻradi. Uyasini yerda chukurcha shaklida yasaydi. 4—7 ta tuxum qoʻyib, urgʻochisi 30 kun bosadi. Yashil kanotli Tovuslar Hindixitoy va Indoneziyada tarqalgan. Butazorlar, dare qirgʻoqlari va b. yerlarda yashaydi. Tovuslar oʻsimlik, hasharot va mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi. Goʻshti mazali. Oddiy Tovuslar tutqunlikdayaxshi koʻpayadi. Tovuslar tovuqsimonlarning yirik, chiroyli va jozibador vakillaridan; hayvonot bogʻlarida boqiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x