TOVUSH YOZIB OLISH (texnikada) — tovush (nuqt, musiqa, qoʻshiq va b.) ni tovush eltgich (magnit lenta, grammofon plastinkasi, disk va b.) ga yozib olish jarayoni. Akustik va elektroakustik usullar bilan amalga oshiriladi.
Akustik usulda tovush tebranishlari yozuv (tovush) eltuvchi moddaga taʼsir qiluvchi asbobni bevosita boshkaradi. Elektroakustik usulda tovush tebranishlari mikrofon vositasida elektr tebranishlariga aylantiriladi va kuchaytirilgandan keyingina tovush eltgichga tushiriladi.
Tovush yozib olishning mexanik, fotografik va magnit tizimlari mavjud. Mexanik tizimda nina harakatlanayotgan tovush eltgichni bosib, uning sirtida tovush tebranishlari shakliga moye keluvchi ariqchalar chizadi. Tovushni tiklash (kayta eshitish) da grammofon ninasi shu ariqchalar boʻylab harakatlanib, oʻsha tebranishlarni takrorlaydi va uni membranaga uzatadi. Mexanik usulda yozib olishni 1877-y. amerikalik ixtirochi Tovush Yozib Olish Edison birinchi boʻlib qoʻllagan. Mexanik tizimi grammofon plastinkalar ishlab chiqarish. da keng qoʻllaniladi. Fotografik tizimda harakatlanayotgan kinoplyonkaga kuchi yoki shakli tovush tebranishlariga moye holda oʻzgarayotgan yorutlik nuri tushadi. Natijada tovush «suratga olingan»dek boʻladi. Tizimni 1901-y. nemis olimi E. Rumer qoʻllagan. Fotografik tizim, asosan, ovozli kinoda qoʻllaniladi. Magnit tizimda tovush tebranishlariga moye hodda magnit maydonida harakatlanayotgan lentaning ayrim qismlari magnitlanib boradi. Magnit maydon esa magnit kallagi oʻramidan mikrofonning kuchli elektr toki oʻtganda hosil boʻladi. Tovushni qayta tiklashda magnit fonogrammasi harakatlanib, magnit kallagi oʻramida elektr signallari hosil qiladi (yana q. Magnitofon). Magnit tizimni 1898-y. daniyalik muhandis V. Paulsen taklif qilgan. 20-a. 80-y. laridan Tovush yozib olishning raqamli usuli ham qoʻllana boshladi. Tovush yozib olish radioeshittirish, televideniye, taʼlimtarbiya ishlari va b. sohalarda muhim ahamiyatga ega.