TOVKATTEPA

TOVKATTEPAToshkent sh. dagi arxeologik yodgorlik (1—8 va 11 — 15-a. lar). Atrofi mudofaa devorlari bilan oʻralmagan, markazida qoʻrgʻon boʻlgan manzilgoh. 1949-y. A. A. Potapov tomonidan qayd etilgan va oʻsha yili I. Baishev, V. Massoy, 1957-y. V. Belousov, Yu. Buryakov tekshirgan. 1970-y. da G. Zilper va 1978—79 y. larda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (Sh. Pidayev, O. Papaxristu) qazish ishlarini olib borgan. Tovkattepa qalʼa va shahristondan iborat. Mayd. 6,5 ga. Yodgorlik Krvunchi madaniyatiga mansub. Dastlab markazidagi qalʼa vujudga kelgan, uning bal. taxm. 9 m., mayd. 60×30 m. boʻlgan. Keyinchalik kichik tepalik ustida xom gʻisht va paxsadan qurilgan murakkab majmua koʻrinishidagi qoʻrgʻon shakllangan. 8-a. 1choragida arablar istilosi vaqtida buzilgan va yondirib yuborilgan. 11-a. da uning xarobalari ustida yangi qishloq vujudga kelgan va 15-a. gacha mavjud boʻlgan. Qazish vaktida xum, koʻza, kosa, tovoq, yupqa tilla tugma va b. ashyolar topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x