TOVUQ

TOVUQ, uy tovuqlari — tovuqsimonlar turkumiga mansub parranda, qishloq xoʻjaligi. parrandalarining eng koʻp tarqalgan turi. 5 ming yil muqaddam Hindistonda qoʻlga oʻrgatilgan yovvoyi bankiv tovugʻidan tarqalgan. Tovuq larning oʻziga xos xususiyati — boshlarida qizgʻish toji, quloq solinchagi, oyoklari (xoʻrozlarida) pixining mavjudligidadir. Patlarining rangi har xil, koʻpincha, oq. Koʻpchilik Tovuq zotlarining tumshugi va oyoq kafti sariq, qisman oqqizgʻish, qora va b. boʻladi. Tuxum poʻchogʻi oq yoki och qoʻngʻir.

Beradigan mahsulotiga qarab. Tovuqlar tuxumdor (serpusht), tuxumdorgoʻshtdor (tuxumgoʻsht uchun boqiladigan) va gushtdor zotlarga ajratiladi. Shuningdek, Tovuq larning dakang (urishqoq) va kurkam turlari (sanoat ahamiyati yoʻq) ham bor.

Tovuqlar tashqi kurinishi va tuzilishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Serpusht Tovuqlar kichkina, tez voyaga yetadigan, tuxumdorgoʻshtdor Tovuqlar yirikroq boʻlib yaxshi rivojlanadi. Goʻsht uchun ajratilganlari alohida sharoitda boqiladi. Serpusht Tovuqlar 1,7—2,2 kg, xoʻrozlari 2,7—3,0 kg, tuxumdorgoʻshtdorlari 2,5—4,0 kg, goʻshtdorlari 3,0—4,5 kg goʻsht beradi. Serpusht zotlar yiliga 220—250 ta, ayrimlari 365 tagacha tuxum qiladi. Zotdor Tovuqlar seleksiya yoʻli bilan koʻpaytirilganda serpusht boʻladi. Tovuq 5—6 oylikdan tuxumga kiradi. Dastlabki tuxumi 40—50 g, 1 yoshga yaqinlashgach, 55—65 g. Tuxumdorgoʻshtdor zotlar tuxumi mayda. Tovuq tullaganda tuxum qilmaydi. Tullash 2—3 hafta, baʼzilarida 2 oy va undan ortiq davom etadi.

Tovuq 10 yilgacha tuxum qilishi mumkin (10—12 y. umr koʻradi). Sanoat maqsadida tuxum yetishtiriladigan xoʻjaliklarda Tovuqlar tuxumga kirgandan keyin ularni faqat bir yil saqlash iqtisodiy foyda keltiradi, chunki tuxum Tovuqning yoshiga qarab, yiliga 10 — 15% kamayadi, naslchilik xoʻjaliklarida faqat sermahsul Tovuqlar 2—3yilga qoldiriladi. Boqilayotgan nasldor Tovuq larning 50—60% 1 yoshga yetmagan, 30 — 35% 2 yoshli va 10% 3 yoshli boʻladi. Joʻja ochirishga tuxum olishda 8—12 ta tovuq uchun 1 ta xoʻroz qoʻyiladi. Xoʻrozlar 2—3 y. saqlanadi. Joʻjalar inkubatorov ochiriladi. Tovuq parrandaxonalarda don, sabzavot, mineral oziqala^, vitamin va b. bilan boqiladi.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi. ilmiyi. ch. markazining Parrandachilik ilmiy markazida seleksiyaning yangi va jadal usullarini amalda qoʻllab, Tovuq larning yuqori mahsuldor, yiliga 240—250 (duragaylari 270) donadan tuxum kiladigan, kasalliklarga chidamli va mahalliy sharoitga moslashgan ikki tizimli «Oʻzbekiston» krossi (Oʻz1 va Oʻz2 tizimlari, Oʻz12 duragaylari) yaratiladi (2002).

Oʻzbekiston parrandachilik xoʻjaliklarida tuxumgusht yunalishidagi leggorn, nyuxemshir, rodaylend, tovuk, zotlari, broyler yetishtirish uchun kornish, plimutrok zotlari urchitiladi (yana q. Parrandachilik).

Sayfiddin Azimov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x