TOVOQSOY ZILZILASI — Tovoqsoy qishlogʻi yaqinida 1977-y. 6 dek. da sodir boʻlgan. Zilzilaning oʻchogʻi PiskomToshkent seysmogen zonasida 15 km chuqurlikda joylashgan, kuchi 7 ball, magnitudasi 5,1. Seysmik toʻlqinlar Chirchiq, Gʻazalkentda — 7, Chorvokda — 5, Toshkentda — 6, Yangiyoʻlda — 4, Ohangaronda 3—4 ballga yetgan. Tovoqsoy, Ozodbosh, Iskandar va b. joylarda bir qancha imoratlar shikastlangan. Yer ustida tarqalgan epitsentral zonaning yoʻnalishi QorjontovToshkent yer yorigʻi boʻyicha shim. sharqdan jan. gʻarbga choʻzilgan. 3 balli zilzila maydoni 65700 km2 ni tashkil qilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые