TOBOLSK

TOBOLSK — RF Tyumen viloyatidagi shahar. Irtishga Tobol daryosi quyilishiga yaqin yerdagi pristan. Yaqin t. y. stansiyasi — Tobolsk (14 km). Aeroport bor. Aholisi 97,8 ming kishi (1998). Tobolsk 1587-y. da vujudga kelgan. 1610-y. dan hoz. oʻrnida. Kemasozlik korxonasi, kema taʼmirlash zdi, neft kimyosi, yod ktlari, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, mebel, gilam va suyakka badiiy gul solish fkalari, ped. inti, drama teatri, tarixiymeʼmoriy muzey qoʻriqxonasi bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Sibirdagi birinchi tosh Kremli (17-a. oxiri), SofiyaUspeniye sobori (17-a.), Karvonsaroy (Gostiniy dvor) va «Shved palatasi» (18-a. boshlari saqlangan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x