Товкаттепа


Post Views:
7

TOVKATTEPA – arxeologik yodgorlik (1–8 va 11–15-asrlar); markazida qo‘rg‘on bo‘lgan, lekin atrofi mudofaa devori bilan o‘ralmagan manzilgoh. Qal’a va shahristondan iborat. Maydoni 6,5 gektar. Tovkattepaning sharqiy chekkasi – Tuzel qishlog‘i hududida. Yodgorlik Qovunchi madaniyatiga mansub. Mingo‘rik yaqinidagi obod joylardan bo‘lgan. 1949 yil A.A.Potapov tomonidan qayd etilgan va o‘sha yili I.Baishev, V.Masson, 1957 yil V.Belousov, Yu.Buryakov tekshirgan. 1970 yilda D.G.Zilper va 1978–79 yillarda Tovkattepa arxeologik ekspeditsiyasi (Sh.Pidayev, O.Papaxristu) stratigrafik qazish ishlarini olib borgan. Dastlab markazidagi qal’a vujudga kelgan, uning balandligi taxminan 9 metr, maydoni 60×30 m bo‘lgan. Keyinchalik kichik tepalik ustida xom g‘isht va paxsadan qurilgan murakkab kompleks ko‘rinishidagi qo‘rg‘on shakllangan. 8-asr 1-choragida buzilgan. 11-asrda uning xarobalari ustida yangi qishloq vujudga kelgan va 15-asrgacha mavjud bo‘lgan. Qazish vaqtida turli ashyolar – xum, ko‘za, kosa, tovoq, yupqa tilla tugma va boshqalar topilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/tovkattepa-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x