TOTIM

TOTIM (Rhus) — pistadoshlar oilasiga mansub doim yashil oʻsimliklar turkumi. Bir yoki ikki uyli; daraxt, butalardan, baʼzan, daraxtsimon lianalardan iborat. Boʻyi 0,5—12 m (baʼzan 20 m gacha). Barglari ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, toʻpgullarga yigʻilgan. Mevasi kichik danakcha. 60 (baʼzi maʼlumotlarga koʻra, 250) turi maʼlum. Iyuniyulda gullab, sent. okt. da meva tugadi. Asosan, Shim. Amerika, Sharqiy Osiyo, Afrika va Jan. Yevropada tarqalgan. Oshlovchi T. Qrim, Kavkaz, Pomir, Olay va b. togʻlarda oʻsadi. Bargida 13—25% oshlovchi modda — tannid bor. T. boʻyoq va dorivor moddalarga boy. Oʻsimlikning mum va lok beradigan, zaharli, manzarali va b. turlari bor. Barglari, ildizlari, poʻstlogʻi, yosh novdalari va mevalari boʻz, teri, jun va ipakni boʻyash uchun ishlatiladi. Oʻzbekistonda 1 yovvoyi va 3 ta madaniy turi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x