TOTEMIZM

TOTEMIZM (Shim. Amerika indeyeslarining ojibve qabilasi tilidagi «ototem» — «uning urugʻi» soʻzidan) — ibtidoiy diniy eʼtiqodlarning ilk shakllaridan biri. U kishilarning maʼlum guruhi bilan hayvon va oʻsimliklarning muayyan turlari (baʼzan tabiat hodisalari, jonsiz narsalar) oʻrtasida gʻayritabiiy aloqa, qonqarindoshlik bor degan ztiqodga asoslanadi. Hayvonlar, oʻsimliklar, jonsiz predmetlar totem hisoblangan. Totemlar (koʻpincha hayvonlar) ov qilinmagan, oʻldirilmagan, goʻshti yeyilmagan, ular goʻyo kishilarning kudratli ximoyachisi hisoblangan. Qabila, urugʻ har bir aʼzosining hayoti va farovonligi totemga bogʻliq deb qaralgan. Ular oʻz totemini karindoshi, akasi, otasi, doʻsti deb hisoblagan. Har bir kabila, urugʻ oʻz totemining nomi bilan atalgan. Totemistik eʼtiqod va marosimlar muayyan koʻrinishda koʻp xalqlarda, ayniqsa, Avstraliyadagi qabilalarda saqlanib qolgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x