Post Views:
373
Yevropa tillari bayrami munosabati bilan Fransiya elchixonasi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanini fransuz tiliga tarjima qilgan fransiyalik tadqiqotchi Stefan Dyuduanon (Stéphane Dudoignon) bilan uchrashuv tashkil etmoqda. Bu haqda Fransiya elchixonasining matbuot xizmatiga tayanib Korrespondent.uz xabar qildi.
Uchrashuvda Stefan Dyuduanon O‘zbekiston tarixi va madaniyati, jumladan, jadidchilik harakati hamda Cho‘lpon hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’ruza qiladi.
Ma’ruza 26-sentabr kuni soat 15-00 da O‘zbekiston milliy kutubxonasining “Jahon” o‘quv zalida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
https://shosh.uz/uz/toshkentda-fransuz-olimi-cho-lpon-hayoti-va-ijodi-to-g-risida-ma-ruza-qiladi/