Toshkent qo‘zg‘oloni, Vabo isyoni (1892 yil)


Post Views:
3 083

TOSHKENT QO‘ZFOLONI, Vabo isyoni (1892.24.6) – chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosati va milliy zulmiga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olon. Shaharda vabo kasalligi tarqalishi munosabati bilan mustamlaka ma’muriyati tomonidan ko‘rilgan o‘zboshimcha tadbirlar turtki bo‘lgan. Xususan, shahar ma’muriyati 7 iyunda 12 ta eski qabristonni yopib, yangi 4 qabriston ochilishini, shahardan chiqish cheklanganligini e’lon qilgan. Biroq va’da qilingan yangi qabristonlardan faqat 1 tasi ochilgan, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmagan, milliy urf-odatlar e’tiborga olinmagan. Marhumlarni urf-odatga ko‘ra ko‘mish g‘oyat mushkul yumushga aylangan. Nihoyat sabr-kosasi to‘lgan xalq qo‘zg‘olon ko‘targan. Mingga yaqin aholi eshonlardan Azizlar, Abulqosim, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad va boshqa taniqli kishilar boshchiligida 24 iyunda tayoq, ketmon, tosh va h.k. bilan qurollanib shahar boshlig‘i mahkamasiga bostirib borgan. Bu yerda Toshkent hokimi Putinsev va Eski shahar oqsoqoli Muhammad YOqubga qarshi hujum qilishgan. Oqsoqol xalqqa dag‘dag‘a qila boshlagach, uning boshiga toshlar yog‘ilgan. Mashhur «Toshotar voqyeasi» boshlangan, Putinsev va uning mirshablari do‘pposlangan, mahkama ostin-ustun qilingan. Biroq Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori Grodekov boshchiligidagi askarlar kelib, qo‘zg‘olonchilardan shafqatsiz o‘ch ola boshlagan. Qo‘zg‘olonchilarning bir qismi rus askarlari ta’qibidan qochib o‘zini Anhorga tashlagan. Ertasiga suvdan 80 kishining o‘ligi topilgan. Qo‘zg‘olonchilarning qolgan qismi Eski shaharga qochib borib, jome masjidi oldida bu yerga yetib kelgan askarlarni toshbo‘ron qilgan. Bunga javoban o‘q uzilib, 10 kishi halok bo‘lgan, ko‘pchilik yaralangan. Qo‘zg‘olon bostirilgan. Qo‘zg‘olonchilardan 60 kishi sud qilingan, 3 kishi o‘limga va 20 kishi turli muddatlar bilan qamoq jazosiga hukm qilingan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

Qo‘shimcha ma’lumot

https://shosh.uz/uz/toshkent-qo-zg-oloni-vabo-isyoni-1892-yil/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x