Toshkent politsiyasi


Post Views:
29

POLITSIYA – shahar va qishloq joylarda tartibni nazorat qilib turish uchun 18-asrda chor Rossiyasida tuzilgan ichki qo‘shin turi. Toshkentda 1887 yilgacha Politsiyachi vazifasini garnizon soldatlari bajargan. 1887 yildan shahar Politsiyasi shahar boshlig‘iga bo‘ysungan. Politsiyani politsmeyster boshqargan; unga mirshablar, adres stoli, Politsiya arxivi, vrachlik-politsiya komiteti ham bo‘ysungan. Toshkent 2 ta Politsiya boshqarmasiga bo‘lingan: biri Toshkentning Yangi shahar qismida, ikkinchisi Eski shahar qismida joylashgan. 1907 yil Politsiya shtati 307 kishidan iborat bo‘lgan. 1911 yil oxirida jinoiy ishlarga qarshi kurashish uchun qidiruv bo‘limi («Oxranka») ochilgan. 1917 yil Fevral inqilobidan shahar militsiyasi tashkil etilgan, Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng (1917) Politsiya apparati butunlay tugatilgan.

«Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

https://shosh.uz/uz/toshkent-politsiyasi-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x