TOSHKENT OTCHOPARI

TOSHKENT OTCHOPARI — ot sporti buyicha respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, turli marosimlar oʻtkaziladigan, uloq chopiladigan, otlar bilan mashqlar olib boriladigan sport inshooti. Toshkentda rasmiy ot sporti musobakalari dastlab 20-a. boshlarida oʻtkazilgan. Shaharda 1976-y. gacha otchopar (ippodrom) Qoʻyliq mavzei yaqinida boʻlgan. 1976-y. respublikada eng yirik otchopar — T. o. qurildi (Akmal Ikromov tumani hududida, mayd. 70 ga, meʼmorlar: R. U. Asanov, E. I. Gusarova). Toshkent otchoparida chavandozlik, ot poygasi, ot choptirish, yoʻrttirish, otlarni sinash va sovitish, mashq qildirish maydonlari, . toʻsiqli yoʻlkalar, veterinariya lazareti, karantin xonalari, hovuz va b. bor. T. o. da musobaqalar, poygalar oʻtkazib turiladi, ot sportiga doyr mashqlar bajariladi va b. marosimlar uyushtiriladi. 2004-y. 30 sent. —1 okt. kunlari Toshkent otchoparida Ot sporta jahon kubogining saralash bosqichi oʻtkazildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x