Toshkent masjidlari. “Abu Hanifa” jome masjidi


Post Views:
366

abu-hanifa-jome-masjidi-tashqi-korinishi
“Abu Hanifa” jome masjidi tashqi ko‘rinishi
abu-hanifa-jome-masjidi-pastki-honaqohi
“Abu Hanifa” jome masjidi pastki xonaqohi
abu-hanifa-jome-masjidi-honaqohi-2
“Abu Hanifa” jome masjidi xonaqohi
abu-hanifa-jome-masjidi-honaqohi
“Abu Hanifa” jome masjidi xonaqohi
abu-hanifa-masjidi-hovlisi-2
“Abu Hanifa” jome masjidi hovlisi
hutba
Xutba
masjid-imom-hatibi-alihonov-muhammadamin-tursunovich
“Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi – Alixonov Muhammadamin Tursunovich
abu-hanifa-masjidi-hovlisi
“Abu Hanifa” jome masjidi hovlisi

Masjid 1990-1996 yillar davomida qurilgan. 1996 yildan o‘z faoliyatini boshlagan. 2013 yilda masjid qayta ta’mirlangan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasining tavsiyasiga binoan masjidga islom olamidagi buyuk olim, mazhabboshimiz “Abu Hanifa” nomi berilgan. Imom Abu Hanifaning ismi No‘’mon ibn Sobitdir. Hijriy 80-yilda (699 m.y) Kufada tug‘ildilar. Hijriy 150-yilda (767 m.y)Bag‘dodda vafot etdilar. Islom olamida keng tarqalgan Hanafiy mazhabining asoschisidirlar. Imom A’zam shunday derdilar: «Biz bu masalada faqat zarurat bo‘lgandagina qiyosga o‘tamiz. Bu shunday: Kitob va Sunnatda, sahobalarning hukmlarida dalil topolmasak, sahobalar ittifoq bo‘lgan masalaga amal qilamiz. Agar sahobalar ixtilof qilishgan bo‘lsa, illati mushtarak bo‘lgan ikki hukmni bir-biriga qiyoslaymiz. Sahobalardan boshqalar esa bizlar kabidir». «Sen dinda ko‘p qiyos qilmoqdasan. Ilk qiyos etgan iblisdir», degan kishilarga Imomi A’zam juma kuni Kufa masjidida mazhabining mohiyatini tushuntirib bunday dedilar: «Men Allohning kitobi bilan, so‘ng Rasulullohning (s.a.v.) sunnatlari bilan, undan keyin esa sahobalarning qarashlari bilan amal qilaman, agar ular ixtilof qilishgan bo‘lsagina qiyosga o‘taman». Shunda jamoat Imomning qo‘lini o‘pib: «Siz olimlar sarvarisiz, siz haqingizdagi oldingi yomon gumon gap-so‘zlarimiz uchun bizni afv eting», dedilar. Imomi A’zam: «Alloh taolo bizni va sizni kechirsin!» deyishdi.

Ko‘pchilik insonlar, hatto ba’zi ahli ilmlar ham Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhni fiqh sohasida, hanafiy mazhabi asoschisi sifatida juda yaxshi biladilar. Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning hayot va ijodlarini e’tibor bilan o‘rganib chiqsak, u zot nafaqat fiqh borasida imom bo‘lgan, balki hadis borasida ham buyuk muhaddislar maqtoviga sazovor bo‘lib, ularga ustozlik maqomida bo‘lganlarini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ammo, ba’zi mutaassib kishilar Imom Abu Hanifaning hadis borasida qo‘li kalta, unga ko‘plab hadislar yetib kelmagan, degan ta’na toshlarini otishadi. Ularning Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhga nisbatan aytgan bu gaplari uydurmadan boshqa narsa emas. Bu gapni o‘ta ilmsiz (johil), mutaassiblargina aytishi mumkin. Imom Zahabiy o‘zlarining “Mezon” kitoblarida Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhni hofizlardan hisoblab, siqa (ishonchli roviy) kishilar sirasiga qo‘shganlar. Hadis ilmida mo‘minlar peshvosi bo‘lgan Imom Shu’ba shunday deydilar: “Qasamki, Abu Hanifa chuqur mulohazali, o‘tkir zehn sohibi bo‘lgan”.

Imom-xatib- Alixonov Muhammadamin Tursunovich Imom noibi- Mirhidoyatov Mirmuhsin Mira’zamovich

Manzil: Uchtepa tumani, Zarafshon ko‘chasi,15-uy. Tel.:+998 71 274 66 61

Manba

https://shosh.uz/uz/toshkent-masjidlari-abu-hanifa-jome-masjidi-2/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x