Toshkent masjidlari. “Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi


Post Views:
416

Masjid 1991-yilda mahalla fuqarolari tomonidan hashar yo‘li bilan qurilgan. Masjid binosi “Terakli ota” qabristoniga tutashgan. O‘zbekiston musulmonlari idorasining tavsiyasiga binoan masjidga islom olamidagi buyuk sahobiy “Abdulloh ibn Mas’ud”(r.a.) nomi berilgan.

abdulloh-ibn-masud-jome-masjidi-kirish
“Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi. Kirish
abdulloh-ibn-masud-jome-masjidi-tashqi-korinishi
“Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi tashqi ko‘rinishi
abdulloh-ibn-masud-jome-masjidi-2
“Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi
abdulloh-ibn-masud-jome-masjidi-honaqohi
“Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi xonaqohi
abdulloh-ibn-masud-jome-masjidi
“Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi
abdulloh-ibn-masud-masjidi-1
“Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi hovlisi
masjid-imom-hatibi-mirzaev-ergashali-hodjialievich
“Abdulloh ibn Mas’ud” jome masjidi imomi – Mirzayev Ergashali Xodjialiyevich

Abdulloh ibn Mas’ud Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning xonadonlarida o‘sib-ulg‘aydi. U kishidan ta’sirlandi, o‘rnak oldi, har bir xislatlarida ergashdi. Abdulloh haqida ko‘plar “Xulq-atvor jihatidan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga eng o‘xshash inson”, deyishadi. Ibn Mas’ud Payg‘ambar alayhissalomning madrasalarida ta’lim oldi. Sahobalar ichidagi eng kuchli qorilardan, oyatlar mazmunini to‘liq biladigan tafsirchilardan, shariat ilmining donishmandlaridan bo‘lib yetishdi. Abdulloh ibn Mas’ud Qur’on ilmini mukammal bilardi va uni hech kimdan yashirmasdan, shundoq derdi: – O‘zidan boshqa iloh bo‘lmagan Allohga qasamki, Qur’oni Karimdan qaysi oyatni olmang, men uni qayerda va qay sabab bilan nozil bo‘lganini bilaman. Agar Yer yuzida Allohning kitobini mendan ko‘ra yaxshiroq biluvchi odam bo‘lib, uning oldiga yetishning imkoniyati bo‘lsa, men, albata, o‘sha kishiga shogird tushardim. Abdulloh ibn Mas’ud Usmon roziallohu anhuning xalifalik davrigacha yashadi. Og‘ir kasal bo‘lib yotgan Abdullohning ziyoratiga kelgan xalifa undan hol-ahvol so‘radi: – Nimalardan shikoyat qilasiz? – Gunohlarimdan, – dedi xasta. – Ko‘nglingiz nimani tusaydi? – Robbimning rahmatini. – Yig‘ilib qolgan maoshlaringizni opkeltirib beraymi? Axir necha yildan beri sariq chaqa ham olmaysiz! – Endi menga uning keragi yo‘q! – Hyech bo‘lmasa sizdan keyin qizlaringizga qolar?! – Qizlarimni faqir bo‘lib qolishlaridan qo‘rqyapsizmi? Men ularga har oqshom “Voqyea” surasini o‘qishni buyurganman… Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgandilarki “Kimki har oqshom “Voqyea” surasini o‘qishni odat qilsa, aslo muhtojlik ko‘rmagay”. O‘sha kecha Abdulloh ibi Mas’ud qalbida Allohning yodi, tilida oyati karimalar tilovati bilan rafiqul a’lo dargohiga ravona bo‘ldi…

Imom-xatib- Mirzayev Ergashali Xodjialiyevich
Imom noibi- Qayumov Avval Abdulaxatovich
Imom noibi- Yunusov Mirbosit Mirhaydarovich

Manzil: Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasi 55a uy. Tel.:+998 71 272 91 04

Manba

https://shosh.uz/uz/toshkent-masjidlari-abdulloh-ibn-mas-ud-jome-masjidi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x