TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI — kimyo va oziqovqat sanoati sohalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika intining kimyo texnologiya fti asosida 1991-y. da tashkil etilgan. Intda 6 ft (fundamental fanlar, informatsion texnologiyalar, test va b.), 39 kafedra mavjud, ularda kimyoviy texnologiya, neft va neftgazni qayta ishlash, yogʻochni qayta ishlash texnologiyasi, mashina va jihozlari, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi, atrofmuhitni muhofaza qilish, kasbhunar taʼlimi, menejment, marketing, informatika va informatsion texnologiya yoʻnalishlari boʻyicha 2000 dan ortiq talaba taʼlim oladi (2004). Intda markazlashgan tahlil lab., litsey, kutubxona (149 ming asar), sport majmuasi, kompyuter xonalari, internet xizmati va b. bor. 235 oʻqituvchi, shulardan 5 akad., 47 fan dri, 167 fan nomzodi va dotsent ishlaydi.
Intda sanoat chiqishshlaridan foydalanish, ekologik xavfsiz, import oʻrnini bosuvchi va eksportga moʻljallangan texnologiyalarni ishlab chiqish, energiyani tejovchi maxalliy mineral xom ashyo bazasi tashkil qilish va ulardan samarali foydalanish, neft va gazlardan olinadigan mahsulotlar turlarini koʻpaytirish ustida i. t. ishlari olib boriladi.
Int faoliyati K. S. Axmedov, M. N. Nabiyev, A. S. Sultonov, H. R. Rustamov, M. A. Asqarov, M. I. Niyozov, F. M. Mirzayev, F. X. Tojiyev, S. Toʻxtayev, B. M. Beglov, A. I. Glushenkova va b. nomi bilan bogʻliq.