Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali kirish ballari, qabul kvotalari
Elektron pochta:

info@tuitkf.uz

Rasmiy sayt:

www.tuitkf.uz

Manzil:
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Beshkent yo‘li 3- km, pochta indeksi: 180100
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-91-sonli qarori ga muvofiq tashkil etilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyaini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2834-sonli qaroriga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga, buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan.
TATU Qarshi filiali tarkibida bugungi kunda bitta “Kompyuter injiniring” fakulteti va fakultetda 6 ta kafedra kafedralari faoliyat ko‘rsatadi.
Filialda 5 ta- 5330500-“Kompyuter injiniringi”- 5330600-“Dasturiy injiniring”- 5350100-“Telekommunikatsiya texnologiyalari”- 5350400-“ AKT sohasida kasb ta’limi”- 5330300-“Axborot xavfsizligi”bakalavr ta’limi yo‘nalishlari va bitta 5A330501-“Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash)” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
2016-2017 o‘quv yilida 5330300 -“Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi ochilgan.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x