TOSHKENT AVIATSIYA INSTITUTI

TOSHKENT AVIATSIYA INSTITUTIaviatsiya va kosmik sohalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1995-y. da ToshTU ning samolyotsozlik fti, Kiyev xalqaro fuqaro aviatsiya intining Toshkent sh. dagi filiali, Toshkent aviatsiya texnikumi hamda «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompaniyasining oʻquvmashgʻulot markazi negizida tashkil qilindi. Intda 5 ft: umumtexnika, aviakoinot, fuqaro aviatsiyasi, sirtqi va malaka oshirish ftlari bor. Unda 23 ta kafedra, kompyuter texnologiyalarini oʻquv jarayoniga tatbiq qilish va masofaviy taʼlim tizimini shakllantirish muammolari bilan shugʻullanadigan «Axborot taʼlim markazi» va Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya sohasining muammolari ustida i. t. lar olib boradigan 4 ta markaz: «Aviatsiya ilmiy-texnika markazi», «Marketing tadqiqotlari markazi», «Oʻquvilmiy ishlab chiqarish. markazi» va «Til markazi» mavjud. Ularning faoliyati Oʻzbekiston va jaxrn bozorini chuqur marketing taxlili asosida oʻrganish, texnologik jarayonlarni yangi zamonaviy tadqiqotlar asosida avtomatlashtirish, korxonalar mugaxassislarining malakalarini oshirish kurelarini tashkil qilish, konsalting xizmatlarini tashkil qilish, intda oʻquv va i. t. faoliyatini takomillashtirish borasida yangi oʻquv, uslubiy va ilmiy ishlarni rivojlantirishdan iborat.

Int qoshida avialitsey faoliyat koʻrsatmoqda. Int 3 ta binosining xar bir ftida kutubxonalar mavjud (300 mingdan ortiq asar). Int 9 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 9 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlaydi; 2003/04 oʻquv yili intda, 1,8 ming talaba oʻqidi, 175 oʻqituvchi, shu jumladan, 21 fan dri va prof. ishladi. Int xorijiy mamlakatlar — AQSH, Germaniya, Fransiya, Jan. Koreya, Ukraina, Rossiya, Yaponiya bilan ilmfan, taʼlim va b. sohalarda hamkorlik qiladi. Intda yengil rusumli uchish apparatlarini loyihalash va ishlab chiqarish. ga joriy qilishga doyr ishlari olib boriladi. Int pedagogolimlari «Oʻzbekiston aviatsiya industriyasi ni 2010-yilgacha rivojlantirish strategiyasi» milliy dasturini ishlab chiqishdi. Intda 200 ta talabaga moʻljallangan talabalar uyi faoliyat koʻrsatadi. Int faoliyati O. U. Salimoye, X. G. Sarimsoqov, G. I. Yakubin, K. B. Usmonov, Sh. F. Gʻanixonov, M. A. Ikromov va b. olimlar nomi bilan bogʻliq. Intda 2004-y. gacha 3000 dan ortiq mutaxassis tayyorlandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x