Toshkent-2200. Xarashket shahri iqtisodi tarixidan


Post Views:
47

Toshkent vohasida antik davrdayoq shahar madaniyati shakllanib, Qanqa, Shohruxiya, Kindiktepa, Qulota, Dalvarzintepa, Qovunchitepa va boshqa o‘ndan ortiq shaharlar o‘z davrida madaniy-iqtisodiy markazlar hisoblangan. O‘rta asrlar davrida vohada shaharlar soni bir necha barobar o‘sib, ularning iqtisodiy imkoniyatlari kuchayadi.

Vohaning yirik savdo-iqtisodiy markazlaridan birining o‘rni hisoblangan Qanqa mil. av. III asr boshlarida shakllanib, XI asrning oxiriga qadar hayot uzluksiz davom etgan. Bu yodgorlik o‘rta asrlar davri mualliflari asarlarida keltirib o‘tilgan Xarashket bilan qiyoslanadi. Ibn Xavqal o‘z ma’lumotlarida uni kattaligi jihatidan voha shaharlari orasida Binketdan keyingi o‘rinda turganligini ta’kidlaydi. Shaharda III-IV asrlarda alohida mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan uchinchi shahristoni shakllanadi. VI-VII asrlarda O‘rta Osiyoning ko‘pgina shaharlarida kuzatilgani kabi Qanqa maydonining ham keskin qisqarish jarayoni sodir bo‘lib, ichki tomonida mudofaa devori bilan o‘rab olingan ikkinchi shahristoni vujudga keladi. Natijada VI-VII asrlarda shaharning arkdan tashqari alohida mudofaa devorlariga ega bo‘lgan uchala shahristoni to‘liq shakllanadi. VII-VIII asrlarda shaharning janubiy qismida kulolchilik ishlab chiqarishi paydo bo‘lishi bilan uning rabod qismi ham qaror topadi.

Shaharning qadimgi va o‘rta asrlar davri savdo va hunarmandchilik ishlab chiqarish qismi yodgorlikning janubiy So‘g‘d darvozasidan ichkarida, ko‘cha bo‘ylab ikkinchi shahriston mudofaa devoriga qadar taxminan 300 metr masofada joylashgan. Darvoza yaqinida o‘tgan asrning 70 yillarida amalga oshirilgan arxeologik qazish ishlari davomida VII-VIII asrlarga oid kulolchilik xumdonlari, X-XI asr birinchi yarmiga oid kulolchilik, shishasozlik, suyak, temir, mis va boshqa turdagi sakkizga yaqin hunarmandchilik sohalari uchun xizmat qilgan 30 ga yaqin xonalar hamda ularda uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat qurollari, zargarlik buyumlari va topib o‘rganilgan.

Ikkinchi shahristonning mudofaa devori yaqinida yodgorlik xarobalari sathiga nisbatan 710 metr pastda joylashgan tekis joy, Yu.F.Buryakovning taxminiga ko‘ra, shahar bozori bo‘lgan.

Janubiy va g‘arbiy ko‘chalar kesishgan joyda shahar karvonsaroyi (tomonlari 95×95 m.) o‘rin olgan. Unda 1969–1972 yillarda K.Abdullayev, 1993-1994 yillarda esa G.I. Bogomolovlar tomonidan arxeologik qazish ishlari olib borilgan.

Metallurglar mahallasi va karvonsaroyda ushbu maqola muallifi tomonidan 2008 yilda arxeologik qazish ishlari amalga oshirildi. Metallurglar mahallasidagi qazishma (3×3 m.) ishlari janubiy darvozadan taxminan yuz metr shimoli -g‘arbda olib borildi. Qazilmaning asosiy qismi 2 metr, shimoli -g‘arbiy qismida esa 1×1 metr joy materikgacha (3,2 m.) qazib tushildi. Uning madaniy qatlamlari bo‘sh tuproq, kul qatlami, temir eritish jarayonida hosil bo‘lgan toshqotishmalardan iborat. Moddiy topilmalar kulolchilik charxida ishlangan sopol idishlarning parchalari, simob ko‘zachalar, tutatqidonlar, boyitilgan temir bo‘laklari, metallarni bolg‘alash uchun ishlatilgan tosh va 24 dona yarim yemirilgan mis tangalar nusxalarini tashkil etadi. Kulolchilik buyumlari Qovunchi madaniyatidan (Qovunchi II) to X-XI asrlargacha bo‘lgan davrlarga oid sopollari majmuasidan iborat.

Mis tangalardan III-IV asrlar davri qadimgi Choch, VI asr oxirgi choragi-VII asr boshlariga oid Choch hukmdorlari va VII asr ikkinchi yarmi –VIII asr boshlariga oid o‘rtasi teshik Xitoy tangalarining nusxalari ajralib turadi.

Qazilmada ishlab chiqarish bilan bog‘liq inshootlar izlari aniqlanmadi. Lekin, ishlab chiqarishga aloqador metall buyumlar, toshqotishmalar, boyitilgan temir bo‘laklari va boshqa ashyoviy manbalarning aniqlanishi metallurglar mahallasida III-IV asrlardan boshlab shaharning hunarmandchilik ishlab chiqarish qismiga aylanganligidan dalolat beradi.

Planigrafik mazmundagi ikkinchi qazilma karvonsaroy majmuasining g‘arbiyda tashqi devorining ichkarisida amalga oshirildi. Qazishma ishlari 2,5 metr chuqurlikda qazib o‘rganildi. Qazilmaning g‘arbiy qismidagi ikkinchi yarusidan xom g‘ishtlardan (36x18x6-7sm.) to‘qqiz qator aralash qilib terilgan devor sal kam ikki metr balandlikda saqlanib qolgan. U pishgan g‘ishtlardan (32x16x4 sm.) uch qator terilgan devor ustida joylashgan. Pastdagi devorning shimol tomondagi taxminan bir metrdan ortiq qismi yetti qatordan iborat. Qazilmaning sharqiy tomonida esa xom g‘ishtlardan (40x20x8, 36x18x16, 37-36x16x9, 31x1514x8 sm.) barpo qilingan qurilmaning uzunasi 2 metrdan iborat bo‘lib, 1,6 metr balandlikda saqlanib qolgan. Tashqi tomondan somon aralash loysuvoq qilingan. Unda bir necha marotaba ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan. G‘arbiy devor bilan oraliqdagi 1,0 metr joyga pishgan g‘isht (32x16x4 sm.) to‘shab chiqilgan. Devor va qurilmadan tashqari madaniy qatlamlari imoratning nurashi natijasida hosil bo‘lgan bo‘sh tuproqdan iborat bo‘lib, undan pishgan g‘isht, charxda ishlangan sopol parchalari va sirti oq va moviy ranglardagi geometrik naqshlar bilan bezatilgan loysuvoq qoldiqlari aniqlandi.

Yerga to‘shalgan g‘ishtlarning tagidan bir dona mis tanga topilib, shunga o‘xshash tangalarni K.A.Abdullayev VII asr ikkinchi yarmi –VIII asr boshlari bilan, G‘.Boboyorov esa VI asr oxirgi choragi –VII asr boshlari bilan sanalagan. Umuman, karvonsaroy majmuasi dastlabki tadqiqotlar natijasida VIII-XI asrlarga oid, degan xulosaga kelingan, moddiy manbalar tahliliga ko‘ra uning shakllanishi qadimiyroq tarixga ega, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Janubiy Turkmanistondagi Kishmantepa (IX-X) va Alaskar (XII) manzilgohlarida ham shunga o‘xshash karvonsaroylar o‘rganilgan.

Qanqa ko‘hna shahri hunarmandchiligi arxeologik jihatdan maxsus tadqiq etilmagan. Unga nisbatan mavqyei yuqori bo‘lmagan Qulota, Kindiktepa, Shamatepa, Seviltepa, Qo‘rg‘ontepa va Tunket kabi shaharlar va manzilgohlarda hunarmandchilik ishlab chiqarish inshootlari arxeologik jihatdan aniqlangan. Agar IV-V asrlarda metall eritish qazish punktlarida amalga oshirilgan bo‘lsa, VI-VIII asrlarda yirik shahar markazlarining hunarmandchilik mahallalarida jamlanadi.

Toshkent vohasi VI asrning ikkinchi yarmi –VIII asr boshlarida Turk hoqonligi tarkibida bo‘lib, xalqaro savdo xoqonlik ta’siriga o‘tganligi sababli, vohaning Buyuk Ipak yo‘lidagi mavqyei oshib, Chotqol-Qurama tog‘laridagi metallurgiya resurslarini o‘zlashtirish jadallashadi, X-XI asrlarda esa uning ko‘lami yanada kengaydi.

Umuman olganda, mavjud arxeologik ma’lumotlarga asoslanib, shaharning uchinchi shaharistoni iqtisodiy markaz sifatida III-IV asrlarda shakllanib, XI asr boshlariga qadar yirik iqtisodiy ishlab chiqarish markazi sifatida faoliyat yuritgan, degan xulosaga kelish mumkin.

R.Z. Ibragimov

Iz ekonomicheskoy istorii goroda Xarashketa

Statya posvyaщyena istorii ekonomiki goroda Xarashketa. Osveщyenы voprosы stepeni razvitiya torgovoremeslennogo proizvodstva goroda v drevnosti i srednevekovye. Opredeleno mestonaxojdeniye remeslennыx kvartalov v shaxristane III. Prevlechenы novыye materialы, poluchennыye avtorom v xode arxeologicheskix raskopok v metallurgicheskom kvartale i karavan – saraye goroda.

R.Z. Ibragimov

About economical history of Harashkath

This article is devoted to history of economy of the ancient city Harashket. In this article is widely covered the questions of the development degree of trade – craft producing of the city in the ancient and medieval ages. Also is defined the localization of the craft works in the shahristan III. Moreover is given by author new materials which was taken during the archaelogical works in the karvan-saray and part of metal-works of the city.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Buryakov Yu.F. Genezis i etapы razvitiya gorodskoy kulturы Tashkentskogo oazisa. Tashkent. Fan. 1982. S. 41; Yego je, Basseyn Srednego Yaksarta v drevnosti i rannem srednevekovye // Gorodskaya kultura Baktrii-Toxaristana i Sogda. Antichnost, ranneye srednevekovye. Materialы Sovetsko-Fransuzskogo kollokviuma (Samarkand 1986), Tashkent, 1987. S. 33-34; Drevniy i srednevekovыy gorod Vostochnogo Maverannaxra. Tashkent, Fan. 1990. S.118-119. Masson M.Ye. Axangeran. Arxeologo-topograficheskiy ocherk. Tashkent. 1953. S. 105. Abu–l Kasim ibn Xaukal. Izvlecheniya iz knigi «Puti i stranы» Por. Betgera Ye.K. // Trudы SAGU. Vыp. IV. 1957. S. 24. Abdullayev K.A. Arxeologicheskoye izucheniye gorodiщa Kanka (1968-1972) // IMKU. Vыp. 12, Tashkent, 1975, S. 150. Abdullayev K.A. Kvartal keramistov gorodiщa Kanka // IMKU. Vыp. 11. Tashkent, 1974. S. 83-92. Abdullayev K.A. Kvartal keramistov gorodiщa Kanka // IMKU. Vыp. 11. Tashkent, 1974. S. 83-92. Drevnyaya i srednevekovaya kultura Chacha. Tashkent. Fan. 1979. S. 93-109; Brusenko L.G., Galiyeva Z.S. Materialы raskopok kvartala X- nachala XI vv na gorodiщye Kanka // IMKU. Vыp. 19. Tashkent, 1974. S. 124-136. Drevnyaya i srednevekovaya kultura Chacha. Tashkent, Fan. 1979. S. 63. Buryakov Yu.F. Genezis i etapы razvitiya gorodskoy kulturы Tashkentskogo oazisa Tashkent., Fan, 1982 S. 77-82, ris. 7-8.; Levina L.M. Keramika Nijney i Sredney Sыrdari (I tыsyacheletiye n.e.) //XAEE. M.: Nauka, 1971. S. 178-188. (ris.54; 239-240); Brusenko L G., Galiyeva Z.S. Materialы raskopok kvartala X- nachala XI v. na gorodiщye Kanka. //IMKU, Vыp. 19, Tashkent., 1974, S. 124-136. Drevnosti Tuyabuguza. Tashkent., Fan, 1978, S. 164; B a b a ya r o v G. Drevnetyurkskiye monetы Chachskogo oazisa (VI- VIII). Tashkent., 2007. S. 9; 21-22. Abdullayev K.A. Issledovaniye gorodiщa Kanka (Drevniy Xarashket gorodiщa v Tashkentskom oazise): Dis.. kand. ist. nauk. Tashkent., 1975. S. 52. Babayarov G. Drevnetyurkskiye monetы Chachskogo oazisa (VI- VIII). Tashkent., 2007, S. 9. 3 Buryakov Yu.F. Genezis i etapы razvitiya gorodskoy kulturы Tashkentskogo oazisa Tashkent., Fan, 1982 S. 41. 4 Mankovskaya L.Yu. Tipologicheskiye osnovы zodchestva Sredney Azii (IX-nachalo XX v.) Tashkent., Fan. S.1980. 64. Buryakov Yu.F. Genezis i etapы razvitiya gorodskoy kulturы Tashkentskogo oazisa. Tashkent: Fan,.1982 S.76; Buryakov Yu.F., Filanovich M.I. Chach i Ilak // Srednyaya Aziya i Dalniy Vostok v epoxu srednevekovya. Sredney Aziya v rannem srednevekovye. M., 1999 S. 86. O‘sha asarlar.154-155 betlar; 80; bet.

Manba:

Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya materiallari
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi «Fan» nashriyoti, 2009

https://shosh.uz/uz/toshkent-2200-xarashket-shahri-iqtisodi-tarixidan/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x