Toshbaqa bilan quyon

Toshbaqa bilan quyon: “Qay birimiz chopagʻonmiz”, deya bahslashib qolishdi-yu, bahsni bellashuvda hal qilishga qaror berishdi. Quyon oʻzining tugʻma chopagʻonligiga ishonib, unchalik jon kuydirmadi: yoʻl chetiga yonboshladi-yu, qattiq uyquga ketdi. Toshbaqa esa oʻzining imillab yurishini bilgani uchun betoʻxtov chopdi. Natijada bahsda gʻolib boʻlib mukofot oldi.

Alqissa, koʻpincha kamolga yetkazilmagan tugʻma isteʼdoddan mehnatsevarlik gʻolib keladi.

 

EZOP

 

“Hurriyat”dan olindi.

https://saviya.uz/ijod/nasr/toshbaqa-bilan-quyon/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x