TOMSEN

TOMSEN (Thomsen) Vilgelm Lyudvig (1842.25.1 Kopengagen 1927. 12.3) — daniyalik tilshunos, tarixchi. Kopengagen unti prof. (1887 — 1913). Daniya Qirolligi ilmiy jamiyati prezidenta (1909-y. dan). Peterburg FAning xorijiy muxbir aʼzosi (1894). Birinchi boʻlib UrxunEnisey yodgorliklarini oʻqigan (1893) va ularning qad. turkiy tillarga oidligini aniqlagan. Qiyosiytarixiy tilshunoslik, finugor va turkiy tillarni oʻrganishga oid ilmiy asarlar yaratgan. Daniya tili lahjalari lugʻatini va shved tili lugʻatini tuzishda qatnashgan. «19-asr oxirigacha boʻlgan tilshunoslik tarixi» monografiyasi muallifi (1902, 1927; 2nashri, 1938-y. da rus tiliga tarjima kilingan). Bu asarida umuman til haqidagi bilimning taraqqiyoti jarayonini kamrab olishga, uni davrlashtirishga, lingvistik tafakkur rivojidagi asosiy tamoyillarni koʻrsatib berishga erishgan. Shuningdek, Tomsen «Qutadgʻu bilig» ning Vena kutubxonasida saklanayotgan uygʻur yozuvidagi qoʻlyozmasi asosida asar nomining hoz. transkripsiyasini taklif etgan. Bu transkripsiya koʻpchilik tomonidan, jumladan Oʻzbekistonda ham kabul qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x