TOLYATTI

TOLYATTI (1964-y. gacha Stavropol) — RF Samara viloyatidagi shahar. Volga daryosidagi port. T. y. stansiyasi. Kuybishev suv omborining chap sohilida. Aholisi 716,3 ming kishi (1998). 3 shahar tumani bor. T. ga 1737-y. asos solingan. Volga GES suv omboriga suv toʻldirilishi munosabati bilan (1950-y. lar oʻrtalarida) shahar butunlay yangi joyga koʻchiriddi. 1964-y. da P. Tolyatti nomiga qoʻyildi.

Volga avtomobil zdining qurilishi (1967—72) shahar taraqqiyotiga muxim taʼsir koʻrsatdi. Mashinasozlik va metallsozlik («Avtovaz» bosh korxonasi) yetakchi oʻrinda; transformatorlar ishlab chiqariladi, kema taʼmirlashmexanika zdi faoliyat koʻrsatadi. Kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar, sintetik kauchuk va b.) rivojlangan. 2 ilmiy tadqikrt inti, politexnika inti, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x