TOLISH TOGʻLARI

TOLISH TOGʻLARI — Kavkazning jan. sharqidagi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (Ozarbayjon bilan Eron chegarasida). Kaspiy dengizi jan. dagi Elburs togʻlarining shim. gʻarbiy davomi. Jan. sharkdan shim. gʻarbga choʻzilgan va togʻ oraliq botiqlari bilan ajralgan 3 ta parallel (Kumurkoʻy, Peshtasar, Burovar) tizmadan iborat. Bulardan eng balandi — qoyali Kumurkoʻy togʻi (2477 m).

Tolish togʻlari sharqda Lenkoran pasttekisligiga tik yon bagʻirlik hosil qilib tushadi. Togʻlarning 900 m dan 2200 m balandliklardagi qismida Kaspiy dengizi tomon nishablashgan tekisliklar mavjud. Tolish togʻlari kaynozoyning flish, vulkanogen va intruziv jinslaridan tashkil topgan. Zilzilalar boʻlib turadi. Togʻlarning sharqiy yon bagʻrida (600 m balandlikgacha) subtropik zona, undan yukrrida relikt daraxtlar (kashtan, bargli eman, temir daraxt va b.), keng bargli oʻrmonzorlar mavjud. Tolish togʻlarining gʻarbiy yon bagʻrida butazorlar, togʻli kserofit va togʻ oʻtloqdasht oʻsimliklar oʻsadi. Termal buloqlar bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x