TOKUGAVA

TOKUGAVA — Yaponiyada syogunlar sulolasi (1603—1867). Tokugava Ieyasu tomonidan asos solingan. Davlatn» mustaxkamlash uchun Tokugava hukmdorlari bir necha bor islohotlar oʻtkazishgan. Xususan, har bir tabaqaning majburiyati va huquqi qatʼiy belgilab berilgan; dehqonlar yerga biriktirib qoʻyilgan; savdosudxoʻrlik kapitali taraqqiyoti cheklangan, knyazlar ustidan qatʼiy siyosiy nazorat oʻrnatilgan. Mamlakatdagi tartiblarni oʻzgarishsiz saqlab qolish, shuningdek, tashqi xavfxatarning oldini olish maqsadida Tokugava hukumati 17-a. ning 30-y. larida Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qoʻygan. 18-a. oxirida Tokugava davlati tanazzulga uchragan. 1853-y. AQSH harbiy kemalari mamlakatga bostirib kirgan. AQSH va Yevropa davlatlari Tokugava hukumatining Yaponiyani tashki dunyodan ajratib qoʻyish siyosatini bekor qilishga majbur qilib, 1854—58 y. larda u bilan tengsiz Ansey bitimlarini imzolashgan. 1867—68 y. lardagi Meydzi isin inkilobi natijasida Tokugava hokimiyati barham topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x