TOJIYEV Baqo Hamidovich

TOJIYEV Baqo Hamidovich (1913 — Samarkand — 1989.1.9) — aktyor, rej., Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Tojiyev xarakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlarini yorqin boʻyoqlarda koʻrsatish, ijroda kuchli dramatizm, ifoda vositalarini toʻgʻri va aniq tanlash, sahna madaniyatini oʻz meʼyorida ushlab turish uning ijodiga xosdir. Tojiyevning yirik xarakterdagi taʼsirchan obrazlari teatr sanʼatiga katta hissa boʻlib qoʻshildi: Shodi (U. Ismoilov, «Hodi va Shodi»), Umurzoq, Xolmat, Roʻzi aʼlam (Hamza, «Xolisxon», «Boy ila xizmatchi», «Maysaraning ishi»), vazir Qoraxon (S. Hayitboyev, H. Razzoqov, «Nodira»), Shopur (Navoiy, «Farhod va Shirin»), Mahkamboy (Sh. Saʼdulla, D. Zokirov, «Dalada bayram»), Boltaboy, Oʻrgilsin togʻa (D. Fayziy, «Zarafshon kizi», «Atlasxon»),Rodrigo (U. Shekspir, «Otello»), Pramod (P. Dos, «Buzilgan bola»), Agnostoz (G. Figeyredo, «Ezop»), Sulaymon (U. Hojibekov, «Arshin mol olon»), Farhod (X. Muxtorov, «Muhabbat guli») kabi fojiaviy va hajviy, dramatik rollari bilan tanilgan. Rej. sifatida «Muhabbat guli» (X. Muxtorov), «Farzand», «Onalar» (Soli Ismoilzoda), «Nurxon», «Gulsara» (K. Yashin), «kim aybdor?» (O. Tolipov), «Ayajonlarim» (A. Qahhor), «Besh kunlik kuyov» (Shuhrat), «Kampirning makri» (G. Stefanskiy) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Tojiyev bir qancha filmlar («Pomir bolalari», «Qora koʻlankalar», «Ulugʻbek yulduzi», «Hamza», «Farzandlar» kabi)da ham suratga tushgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x