TOJIYEV

TOJIYEV Qodir (1921.5.10 Toshkent — 2001.1.2) — diktor. Oʻzbekiston xalq artisti (1990). Toshkent pedagogika intini tugatgan (1938). 2jahon urushi qatnashchisi (1941—43). 1947—91 y. lar Oʻzteleradiokompaniyasida diktor. Tojiyevning diktorlik uslubi yuksak aktyorlik mahorati, koʻtarinki jozibasi, maʼnodor intonatsiyasi, taʼsirchanligi, sodda vatushunarliligi bilan ajralib turadi. 3 mingdan ortiq xujjatli filmga ovoz bergan. Mumtoz va zamonaviy sheʼriyat namunalarini ifodali, oʻziga xos, alohida mahorat bilan oʻqigan. «Elyurt hurmati» ordeni (1998), «Jasorat» medali (1994) bilan mukofotlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x