TOGʻLI SHORIYA

TOGʻLI SHORIYA — RF Kemerovo viloyatining jan. qismi, asosan, shorliklar yashaydi. Salair qator tepasi, Abakan tizmasi va Kuznesk Olatovi tarmoqdarini oʻz ichiga oladi. Past va oʻrtacha balandtogʻ relyefiga ega. Iklimi keskin kontinental, qishi sovuq, yozi iliq, yogʻin, asosan, yozda yogʻadi. Togʻli shoriya hududi togʻterak, oqqaragʻay oʻrmonlari bilan qoplangan. Toshkoʻmir, temir, oltin, marganes, pyx: Tashtagol, Shergeshe magnetit ruda va b. konlari bor. Temir ruda qazib olish va yogʻoch sanoati rivojlangan. Togʻli Shoriya — Novokuznesk metallurgiya zdlarining ruda bazasi. Hududidan Novokuznesk — Tashtagol va Novokuznesk — Abakan t. y. lari oʻtadi. Oltoyning eng qad. xalklaridan boʻlgan birgina shorliklar daryo vodiylarida yashaydi. Asosiy aholi yashaydigan joylari: Mejdurechensk sh., Mundibash, Temirtov, Tashtagol qishlokdari.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x