TOGʻJAMBIL

TOGʻJAMBIL (Thymus L.) labguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda 3 turi: Zarafshon T. i (T. zeravshanicus Yuok.) va soxta Togʻjambil (T. insertus), oddiy Togʻjambil (T. vulgarus) uchraydi. Zarafshon Togʻjambili Toshkent, Samarqand viloyatlarida, soxta Togʻjambil faqat Fargʻona togʻlarining oʻrta va yuqori qismidagi toshloq yerlarda oʻsadi. Sershox, past boʻyli (5 — 10 sm), oʻrmalab oʻsuvchi chala butacha. Barglari oddiy, mayda, teskari tuxumsimon, yoki choʻziq, qaramaqarshi joylashgan. Guli mayda, pushti va qizgʻish, xushboʻy, toʻpgul hosil qiladi. Iyun—sent. oylarida gullab urugʻlaydi. Mevasi kosachabarglari bilan qoʻshilib oʻsgan 4 ta yongʻoqcha. Togʻjambil efir moyli va shirali oʻsimlik hisoblanib, tabobatda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x