TODZIO XIDEKI

TODZIO XIDEKI (1884.30.12 Tokio — 1948.23.12) — Yaponiyaning bosh harbiy jinoyatchilaridan biri, general. 1915-y. dan yapon armiyasida rahbarlik lavozimlarida. 1937—38 y. larda Yaponiyaning Kvantun armiyasi shtabi boshligʻi. 1938—39 y. larda harbiy vazir muovini. 1940-y. iyul — 1941-y. okt. daharbiy vazir. 1941-y. okt. — 1944-y. iyulda bosh vazir va ayni vaqtda harbiy vazir. Yaponiyaning fashistlar Germaniyasi va Italiya bilan ittifoqining tarafdori boʻlgan. Fashistlar Germaniyasining SSSRga qarshi urushida faol yordam bergan. 1941-y. Tinch okeanidagi urushning ochilishida katta rol oʻynagan. Uzoq Sharq uchun tashkil etilgan Xalqaro harbiy tribunalning qaroriga koʻra, qatl etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x