TOʻY

TOʻY — bazmtomosha va ziyofat bilan nishonlanadigan xalq marosimlarining umumiy nomi. Oʻzbeklarda nikoh toʻyi, beshik toʻpi, xatna toʻyi, hovli toʻyi va b. turdagi Toʻylar oʻtkaziladi.

Toʻylarni oʻtkazish jarayonida insonparvarlik, izzatikrom, mehribonlik, mehmonnavozlik, inoklik kabi olijanob fazilatlar yorqin oʻz ifodasini topadi. Inson zotini qadrlash, hurmatlash va ulugʻlashda Toʻylar beqiyos qimmatga ega. Toʻy bir kishining shaxsiy ishi boʻlmay, u keng jamoatchilik tashabbusi va ishtiroki bilan oʻtadigan tantanadir. Shuning uchun Toʻylarni zamon talabi darajasiga koʻtarish doimo muhim hisoblanadi. Toʻylarni oʻziga xos bayram tarzida tashkil etish, ularni har tomonlama tartibga solish, ixchamlashtirish, ayniqsa, badiiy jihatdan boyitish hoz. davr talabidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x