TOʻR

TOʻR — 1) tabiiy yoki sunʼiy tolalardan katakkatak koʻzli yoki bejamdor qilib toʻqiladigan gazmol; tyul. Maxsus toʻquv mashinalarida 2 tizim ipdan toʻqiladigan silliq Toʻr va gulli Toʻr turi mavjud. Toʻr ayollar koʻylagi, ichki kiyimlar, choyshab va b. ga uqa uchun, deraza pardalari shaklida ishlab chiqariladi; ayollar (ayniqsa, kelinchaklar) yuziga tutadigan (koʻpincha Toʻrdan tayyorlanadi) kiyim boʻlagi ham Toʻr deb ataladi hamda turli mintaqalarda oʻziga xos tarzda kashtalar tikib turlicha bezatiladi. Keng maʼnoda — har qanday material (tola, sim va b.) dan katakkatak koʻzli yoki bejamdor qilib tayyorlangan narsa, buyum. Mas., sim toʻr, chachvon va b. ;

2) baliq tutiladigan yoki qush ovlanadigan mayda katak koʻzli buyum; matrap. Pishiq tolalardan toʻqiladi;

3) geodeziyada — joylarda yirik masshtabli (1:2000, 1:5000 va b.) syomkalarni bajarish va muhandislikgeol. ishlarini zarur maʼlumotlar bn taʼminlash uchun tuziladigan chizma. Davlat geodezik tarmogʻi punktlari asosida triangulyatsiya va trilateratsiya usullarida tuziladi. Geografik informatsion sistema (GIS) da qududlarning Toʻr lari tuziladi. Toʻrlar kompyuterda dasturlash uchun qulaylik tugʻdiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x