TOʻQTAYXON

TOʻQTAYXON, Toʻxta (? taxm. 1312) — Oltin Oʻrda xoni. Botuxonning nabirasi Mangu Temur va Oʻljoy xotunning oʻgʻli. 1288-y. Oʻrdadagi hokimiyatni idora qilayotgan amakivachchalari tomonidan kuvilgan. Toʻqtayxon panoh izlab Noʻgʻay oldiga borgan, u T. ning raqiblarini makkorlik bn huzuriga chaqirtirib qatl etgan va xonlik taxtiga Toʻqtayxonni oʻtqazgan (1291). Biroq oz fursatdan soʻng, Toʻqtayxon bn Noʻgʻay orasida nizo chiqib, oʻzaro kurash boshlangan. 1293-y. T. ning birodari Doʻdan Noʻgʻayga yonbosgan rus knyazlari mulklarini talontoroj qilgan. 1300-y. T. Noʻgʻayni uzilkesil magʻlubiyatga uchratib, Volgadan Dunaygacha boʻlgan yerlarni oʻz hokimiyati ostiga birlashtirgan. Ammo Toʻqtayxonning faol tashqi siyosat yuritishga boʻlgan saʼyharakati zoye ketgan. U elxonlardan Gʻozonxonge. tegishli boʻlgan Arron va Ozarbayjonni qoʻlga kirita olmagan. Toʻqtayxonning hukmronlik davrida mulkdorlarga qarshi olib borilgan harakat, 1310-y. da oʻtkazilgan pul islohoti ijobiy rol oʻynagan. Toʻqtayxon faoliyati, asosan, saltanat ichki siyosatini barqarorlashtirishga qaratilgan. Toʻqtayxon rus yerlariga yangi harbiy yurishga tayyorgarlik chogʻida vafot etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x