TOʻNGʻIZLAR

TOʻNGʻIZLAR, qobonlar yovvoyi choʻchqalar (Suidae) — kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar oilasi. Tumshugʻi uzun, uchi doyra shaklidagi yassi va tuksiz harakatchan togʻaydan iborat. Tanasidagi junlari siyrak, asosan, dagʻal qillardan iborat. Yuqori jagʻlaridagi qoziq tishlari yaxshi rivojlangan, uzun, yuqoriga qayrilgan. Oyoklari 4 barmoqli, yon barmoklari (2 va 3 sm) kaltaroq boʻlib, yerga zoʻrgʻa tegib turadi. Oshqozoni oddiy. 5 urugʻi: T., soʻgalli Toʻngʻizlar, babirussalar, tukquloq Toʻngʻizlar, oʻrmon T. maʼlum. Keyingi 4 uruqka bittadan tur, birinchi uruqqa 3 tur; soʻgalli Toʻngʻizlar (Malakka yarim orolida), karlik T. (Himolayda) va yovvoyi Tʻ. (Shim. Afrika va Yevrosiyoda) kiradi. Oʻzbekistonda Toʻngʻizlar tog oʻrmonlari va toʻqaylarda yashaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x