TOʻMARIS UYINLARI FESTIVALI

«TOʻMARIS UYINLARI» FESTIVALI — Oʻzbekistonning milliy sport oʻyinlari musobaqalaridan biri. 2 y. da bir marta oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Magʻkamasining «Oilada, davlat va jamiyat qurilishida ayollarning rolini kuchaytirish, ularni huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish choratadbirlari» davlat dasturi (1999-y. 18 fev.) asosida tashkil qilingan. Maqsadi — xotinqizlar salomatligini mustahkamlashga yordamlashish bn bir qatorda ular orasidan mahoratli sportchi qizlarni tayyorlashdir. Festivalda xalq milliy harakatli uyinlari «Otib qochar», «Otishma», «Tortishmachoq», arqonda sakrash, toʻp uloqtirish, qul kuchini sinash, «Barchinoy testlari» boʻyicha musobaqalar buladi. Festival nizomiga kura, musobaqa 3 bosqichda oʻtkaziladi: 1-bosqich tumanlar miqyosida tashkil qilinadi. Tuman musobaqasi gʻoliblari 2bosqichda viloyat musobaqalarida qatnashadilar. Krraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent sh. musobaqalari gʻoliblari 3bosqich — respublika final bahslarida qatnashish huquqini qoʻlga kiritadilar. 1«T. oʻ.» f. Ayollar yiliga bagʻishlanib Jizzax sh. da boʻldi (1999-y. 11 — 13 noyab.). 2«T. oʻ.» f. 2001-y. 20—25 okt. da Shahrisabzdagi «Hisor» stadionida hamda q. x. kollejida boʻlib oʻtdi. 3«T. oʻ.» f. Namangan viloyatining Uychi tumanida oʻtkazildi (2003-y. 26—29 iyun).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x