TMUTARAKAN

TMUTARAKAN — Taman ya. o. dagi Taman stanitsasi yaqinidagi qad. rus shahri. 8—9-a. larda Tmutarakan oʻrnida Xazar xokonligita. tobe boʻlgan Tamatarxa qishlogʻi joylashgan. Xazar xoqonligi 965-y. Kiyev knyazi Svyatoslav Igorevich tomonidan tormor etilgach, Tamatarxa oʻrnida Tmutarakan vujudga kelgan. U bu yerda tashkil topgan Tmutarakan knyazligining siyosiy markazi boʻlgan. Tmutarakan yirik savdo shahri sifatida rus knyazliklari, Shim. Kavkaz xalklari va Vizantiya bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalar olib borgan. Tmutarakanda kasoglar, greklar, alanlar, ruslar va armanlar yashagan. 10-a. da Tmutarakan gʻishtdan ishlangan mustahkam mudofaa devori bilan oʻrab olingan. 1023-y. T. da xukmronlik qilgan knyaz Mstislav Vladimirovich Bogoroditsa cherkovini qurdirgan. 12-a. da poloveslar (qipchoklar) zarbalari ostida Tmutarakanning rus yerlari bilan aloqasi uzilgan. Tmutarakanda arxeologik qazish ishlari 19-a. dan 20-a. oʻrtalarigacha olib borilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x