TIZIMGUL

TIZIMGUL, dorivor tizimgul (Verbena offi cinalis L) — tizimguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi tik usadi, shoxlangan. Boʻyi 30—100 sm. Barglari tuxumsimon, choʻziqnashtarsimon, yirik (4—8 sm), gullari mayda, oq, poya ustida roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Apr. dan sent. gacha gullaydi, mevasi iyundan pisha boshlaydi. T. Oʻzbekistonning choʻl va baland togʻli qismidan tashqari hamma yerida uchraydi. U, ayniqsa, bogʻ, ekin orasi, ariq boʻylari va yoʻl yoqalarida koʻp oʻsadi. Tarkibida verbenalin va adenozin glikozidlari bor. Poya va barglaridan tayyorlangan qaynatma xalq tabobatida turli xil shishlar va teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x