TITR

TITR (kinematografiyada) — filmlardagi yozuv. Sarlavha, oraliq T. lari, shuningdek, kadr ichidagi Titr (subtitr) larga boʻlinadi. Sarlavha Titr larida kinostudiya va filmning nomi, chiqarilgan yili, uni yaratishda qatnashgan ijodkorlarning ism, familiyalari koʻrsatiladi. Oraliq Titr larda film seriyasi, qismlari, novella yoki lavhaning nomi beriladi. Baʼzi filmlarda tushuntirish matnlari ham uchraydi. Kadr ichidagi Titrdan esa chet el filmlaridagi replika va dialoglar tarjimasini berishda, shuningdek, oʻquv filmlarini tushuntirishda foydalaniladi. Titrlar, ayniqsa, ovozsiz kino davrida muhim rol oʻynagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x