Titan gel – foydasi bormi?

DO`STLARGA ULASHING:

Xozirgi kunlarda shu gelning reklamasi juda kuchaydi. Reklamada ular quyidagi oʼzgarishlarni vaʼda qilishmoqda:

4 oy davomida erkaklar jinsiy aʼzosini boʼyiga 7 smgacha va eniga 5 smgacha kattalashtiradi
Jinsiy aloqa davomiyligini uzaytiradi
Jinsiy aʼzo qattiqligini oshiradi
Reklama qilinayotgan saytlarda turli insonlar nomidan faqat ijobiy kommentariyalar qoʼyilgan, distribyuter korxona nomi va manzili keltirilgan. Xaqiqatdan shundaymi?

Mana bu saytda xaqiqiy ishlatib koʼrgan kishilarning xulosalari keltirilgan. Ularda yozilishicha vaʼda qilingan oʼzgarishlarning birortasi yuz bermagan. Distribyuter korxona esa umuman mavjud emas ekan. Gel ichida esa ishlab chiqaruvchi tomonidan yozilgan yoʼriqnoma mavjud boʼlib, unda yuqoridagi «vaʼda”lar xaqida umuman maʼlumot yoʼq. Titan gelni faqat jinsiy aloqada namlikni ushlab turuvchi vosita sifatida ishlatish tavsiya qilingan.

Xozirda boshqa nomlar bilan juda koʼp gel va kremlar sotilmoqda. Xammasi bir xil FOYDАSIZdir!

Qisqacha xulosa qiladigan boʼlsak bu yana bir FIRIBGАRLIK!

xasta.uz

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x