TIT Flaviy Vespasian

TIT Flaviy Vespasian (Titus Flavius Vespasianus) (39—81) — Rim imperatori (79—81); flaviylar sulolasidan. Vespasianning oʻgʻli va vorisi. 73—79 y. larda Vespasianning taxtdoshi sifatida senatdagi aristokratlar oppozitsiyasi bilan kurash olib borgan. Imperator boʻlgach, senat bilan kelishib hokimiyatni boshqargan. 80 y. da Rimda sodir boʻlgan oʻlat va yongʻin, 79 y. 24 avg. da Vezuviy vulqonining otilishi (uning natijasida Pompeya, Gerkulanum va Stabiya sh. lari yoʻq boʻlgan) oqibatlarini tugatish hamda turli maqsadlar uchun tarqatiladigan sovgʻalar, tomoshalar va jamoat binoladei qurilishi (Kolizey, Termalar qurilishi tugallangan va b.) uchun katta mablagʻ sarflagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x