TISELIUS

TISELIUS Arne Vilgelm Kaurin (1902.10.8, Stokgolm — 1971. 29.10, Upsala) — shved biokimyogari. Shvetsiya Qirollik FA aʼzosi (1939-y. dan). Upsala unti prof. (1938-y. dan), Biokimyo inti direktori (1951-y. dan). Tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar boʻyicha Shvetsiya davlat kengashi raisi (1946— 50). Asosiy ilmiy ishlari adsorbsiya va elektroforez tadqiqotlariga oid. Adsorbsion xromatografiya usulini kashf etgan (1931 — 35) va undan foydalanib, tarkibida aminokislotalar, peptidlar, uglevodlar boʻlgan aralashmalarni sifat va mikdor jihatdan tahlil qilgan. Immunoelektroforez usuli bilan qon normal zardobining oqsil tuzilishini oʻrganishga asos solgan. Kimyo boʻyicha Nobel qoʻmitasi prezidenti (1960—71). Nobel mukofoti laureati (1948).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x