TISA

TISA, Tissa — Yevropadagi daryo, Ukraina, Vengriya, Serbiya va Chernogoriya hududlaridan (qisman Ukraina bilan Ruminiya va Vengriya bilan Slovakiya chegaralaridan) oqadi. Dunayning eng katta chap irmogʻi. Uz. 966 km. Havzasining mayd. 157,1 ming km2. Oʻrmonli Karpat togʻlari (Ukraina hududi)dan boshlanadi. Koʻp qismi Oʻrta Dunay tekisligidan oqadi. Qor va yomgʻirdan suv oladi, bahorda sersuv, yezda baʼzan toshadi. Suvi koʻpayganda quyi qismida suv sathi 4—5 m koʻtariladi. Oʻrtacha suv sarfi quyi qismida 810 m3/sek. Qish sovuq kelgan yillarda 1—2,5 oy muzlaydi. Tisadan yogʻoch oqizishda (yuqori oqimida) va sugʻorishda foydalaniladi. Tisakarad sh. gacha (Vengriya) kema qatnaydi. Tisa boʻyida Xust (Ukraina), Tisafyured, Solnok, Seged (Vengriya) sh. lari joylashgan. Tisada suv ombori, Tisalyok va Kishkere (Vengriya) gidrouzellari qurilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x