TIRSAKLI VAL

TIRSAKLI VAL — porshenli dvigatellar, nasoslar, kompressorlar, temirchilikpresslash mashinalari va b. qurilmalardagi krivoshipli mexanizmning aylanuvchi zvenosi. Bitta yoki bir nechta tirsakli (nomi shundan) hamda bir nechta oʻqdosh oʻzak boʻyinlari, har bir tirsagida 2 ta shcheka va 1 ta boʻyin boʻladi. Boʻyinlar oʻzak boʻyinlar va shatun boʻyinlarga boʻlinadi. Oʻzak boʻyin podshipnikka tayanadi, shatun boʻyinga shatun biriktiriladi. Shatun boʻyinlarning oʻqi Tirsakli valning aylanish oʻqiga nisbatan biroz siljigan (narirokda) boʻladi. Porshenli mashinalar (mas., avtomobillar) da Tirsakli val tirsaklarining soni silindrlar soniga teng boʻladi. Tirsaklarning qanday tartibda joylashishi mashinaning ish sikliga, silindrlarning joylashishiga qarab belgilanadi. Tirsakli val uglerodli yoki legirlangan poʻlat yoki mustahkam choʻyandan yaxlit, quyma tarzda yoki bolgʻalash usulida yasaladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x