TIRNOQGUL

TIRNOQGUL (Calendula offi cinalis) , dorivor tirnoqgul — murakkabguddoshlar oilasiga mansub ikki yillik manzarali va dorivor oʻsimlik. Boʻyi 30 — 50 sm. Poyasi shoxlangan, tukli. Ildiz boʻgʻzidagi barglar teskarituxumsimon, yirik. yiyH bandli, poyadagilari choʻziqteskarituxumsimon yoki choʻziq nashtarsimon. Toʻpguli savatcha, diametri 2—5 sm. Gullari sariq, toʻqqizilsariq, baʼzan qatqat. Mevasi yirik, tirnoqqa oʻxshab ichkariga qayrilgan (nomi ham shundan). May oyidan sent. gacha gullab, mevalaydi. Oʻzbekistonda gulzorlarga ekiladi. Guldastalar yasaladi, gullaridan olinadigan buyok, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x