TIOSULFAT KISLOTA VA TIOSULFATLAR

TIOSULFAT KISLOTA VA TIOSULFATLAR, tiosulfat kislota, H2S2O3 — 2 asosli beqaror kislota; sulfat kislota hosilasi. Sulfat kislotadagi 1 ta kislorod atomi oltingugurt atomiga almashinishi natijasida hosil boʻladi. Tiosulfat kislota oʻz tuzlari — tiosulfatlarga kislotalar taʼsir ettirilganda oraliq mahsulot sifatida hosil boʻladi va suvli eritmada parchalanadi. Tiosulfatlardan fakat bir qatorning vakillari — Me2S2O3 (bu yerda Me — ishqoriy metall) tarkibli tuzlar maʼlum. Tiosulfatlar juda barqaror, rangsiz, suvda yaxshi eriydi. Bulardan natriy tiosulfat amaliy ahamiyatga ega (q. Natriy).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x